Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

YANGI YIL AYYOMI OLDIDAN OʻZIGA XOS BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI.

error

2023-12-17

YANGI YIL AYYOMI OLDIDAN OʻZIGA XOS BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI.

Viloyatimizdagi eng chekka mahallalardan biri  — Tuproqqalʼa tumanidagi Sarimoy mahallasida yaqinlashib kelayotgan Yangi yil ayyomi oldidan oʻziga xos bayram tadbiri oʻtkazildi.

Ertalab ommaviy yurish marofoni bilan boshlangan tadbir "Besh tashabbus" doirasidagi sport musobaqalari, oʻquvchi-yoshlarning "Zakovat" intellektual bellashuvi, boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasiga ulanib ketdi. Mahalla ahli uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi. Bank xizmatlari, hunarmandchilik mahsulotlari va milliy taomlar koʻrgazmalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ehtiyojmand  oilalar vakillariga bandligini taʼminlash uchun  subsidiya asosida  zarur jihozlar topshirildi. "Uch avlod uchrashuvi" deb nomlangan tadbirda esa mahallaning nuroniylari, oʻrta va yosh avlod vakillari bir davrada jamuljam boʻlib, yakunlanayotgan yil sarhisobi va kelgusi rejalar xususida fikr almashdilar. Mahalla markazida qad rostlagan koʻrkam archa atrofida teatrlashtirilgan bayram tomoshalari tashkil qilinib, bolajonlarga sovgʻalar ulashildi.Mahallada oʻtkazilgan bayram tadbirlarida viloyat hokimi Joʻrabek Raximov ishtirok etdi.