Yangiliklar
Yangiliklar
2024-04-26
28-APREL BUTUNJAHON MEHNATNI MUHOFAZA QILISH KUNI
Xorazm viloyati
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan
28-aprel "Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni" munosabati
bilan Urganch
shahridagi “Urganchtransgaz"
unitar korxonasida hamda Yangiariq tumanida MMT bo'limi va uning tasarrufidagi
tashkilotlar mas’ullari ishtirokida
🔰 “Iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga ta’siri” mavzusida o‘quv seminarlari o‘tkazildi.
▪️ ☑️Unda Bosh
boshqarmaning Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi inspektori O.O‘rinov, Davlat
mehnat huquq inspektori S.Karimovlar so'zga chiqib, yig'ilganlarga xodimlar
mehnatining muhofaza qilinishi, iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligi va
gigiyenasiga ta’siri, mehnat qonunchiligida xodimlarga beriladigan imtiyoz va
kafolatlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar
berishdi. __________________________________________________________________________________
⚠️ ESLATMA
Hurmatli fuqarolar, agarda siz mehnat muhofazasi bo’yicha qonun buzilishi holatlariga duch kelsangiz
☎️(62)224-12-29 ga qo'ng'iroq qiling.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi
Axborot xizmati