Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

SAYYOR QABUL: MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

error

2024-04-27

SAYYOR QABUL: MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'ining navbatdagi sayyor qabuli Tuproqqal'a tumanida o'tkazildi.Ochiq muloqot tarzida o‘tgan qabulda ishga joylashish,tadbirkorlik qilish uchun imtiyozli kredit olish masalalarida murojaatlar kelib tushdi.Ularning aksariyati joyida hal etilgan bo'lsa,bir qismi ko‘rib chiqish uchun nazoratga olindi.

▪️Sayyor qabullar odamlarni qiynayotgan muammolarni hal etishga xizmat qilib,davlatga,ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda.

️Qabuldan so'ng, boshqarma boshlig'i Tuproqqal'a kasb-hunarga o'qitish markaziga borib,o‘quv xonalari va ta'lim ustalari faoliyatini ko‘zdan kechirdi.Har bir tinglovchilar bilan suhbat o’tkazib,ularning fikrlari,takliflari va qiynayotgan masalalari bilan tanishdi. 

🔺Shuningdek,markazda o'qish istagini bildiradigan fuqarolar qamrovini oshirish bo'yicha o'z tavsiyalarini berdi.

Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati