Yangiliklar
Yangiliklar
2024-05-28
20 TA MOTOKULTIVATOR SUBSIDIYA ASOSIDA BERILDI
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Xiva tumanida yashovchi, "Temir daftar","Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"da turgan 20 nafar ishsiz fuqarolarga hokim yordamchilari tavsiyasi bilan motokultivatorlar subsidiya asosida topshirildi.
⚠️Eslatib o'tamiz, ushbu turdagi subsidiyalar hokim yordamchisining tavsiyasi bilan ajratiladi.
Ariza topshirmoqchi bo'lganlar doimiy yashash joyi manzilidagi hokim yordamchisiga yozma shaklda yoki 🌐“Onlayn mahalla (https://online-mahalla.uz/)” elektron platformasi orqali onlayn murojaat qilishi mumkin.
📞 Ishonch telefoni:(62)224-12-23
Xorazm viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing