Yangiliklar
Yangiliklar
2022-06-27
Maʼlumki, 27-iyun mamlakatimizda "Matbuot va OAV xodimlari kuni" sifatida keng nishonlanadi.
Har bir sohada boʼlgani kabi bandlik sohasida ham eng soʼnggi yangiliklar, natijalar va yutuqlarni fuqarolarga oʼz vaqtida tezkorlik bilan yetkazib turishda ommaviy axborot vositalari xodimlarining oʼrni katta.
Shu munosabat bilan bugun Xorazm viloyati Bandlik bosh boshqarmasida viloyatimizda bandlik sohasini keng yoritishda oʻzining mehnatini ayamagan jurnalist xodimlarni kasb bayramlari bilan tabriklandi.
-Bugungi kunda viloyatimizda bandlik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, kasbga oʻqitish, ish bilan taʼminlash borasida tinimsiz ishlar amalga oshirilmoqda. Ularni yoritishdagi hamkorligimiz kelgusida yanada kengayadi deb ishonaman. Bunday eʼtibor va eʼtirof uchun tashakkur aytaman"- deydi "Oʻzbekiston 24" telekanali muhbiri Intizor Matchanova.
Xorazm viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati