Yangiliklar
Yangiliklar
2024-08-18
18 SOATLIK MASOFAVIY MALAKA OSHIRISH OʻQUV KURSI BOʻLIB OʻTDI
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 27-dekabrdagi 20-451-sonli bayoni yuzasidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarini malakasini oshirish markazining 2024-yil 12-avgustdagi 18/00-01/08-548-son xatiga asosan Xorazm viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda tuman(shahar) boʻlimlari, Urganch shahar “Ishga marhamat” monomarkazi va kasb-hunarga oʻqitish markazlarining masʼul xodimlari uchun “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH” boʻyicha masofaviy 18 soatlik malaka oshirish oʻquv kursi boʻlib oʻtdi.
📋 Kurs yakunida xodimlar test topshirib, toʻplagan natijalari boʻyicha sertifikatlarini qabul qilishdi.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati