Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-13
Kambag'allikni yengib, yangi umidlarga yetaklayotgan kunlar!
Respublika ishchi guruhining Xorazm viloyatidagi ommaviy sayyor qabullari davom etmoqda.
📍Xiva shahri, Xiva hamda Yangiariq tumanlari aholisi uchun Xiva shahri "Mevaston" mahallasida joylashgan "Pedagogik mahorat markazi"da tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabulda Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari hamda Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i fuqarolarning dardini tinglab, tizimga doir muammo va takliflarini o'rgandilar.Har bir murojaat qat'iy nazorat ostida turibdi.
✅Yashash sharoitlarini yaxshilash, imkoniyatlarni kengaytirish, ertangi kunga ishonchni mustahkamlash – bularning barchasi bir maqsad sari yo'naltirilgan!
Jarayonlardan fotoreportaj taqdim etiladi.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati