Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-13
Bugun Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'ining 1-o'rinbosari A.Ilxomovning tug'ilgan kuni!
Hurmatli Abdurahimbek Ilxomov !
🙂Inson hayotida shunday unutilmas onlar borki, ular nafaqat o'zini, balki atrofidagilarni ham ilhomlantirib, oldinga intilish ruhini hadya etadi. Siz aynan shunday insonlardan birisiz – o'z kasbingizda shijoat, fidoyilik va kuch-g'ayratning yorqin timsolisiz.
Xorazmning ochiq chehrasiga, ko'ngli keng xalqimizga xizmat qilmoq, har bir insonni ish bilan band qilish, har bir oilaga nur olib kirish – bu oddiy maqsad emas, balki ulug' vazifadir. Siz esa ushbu mas'uliyatni zimmangizga olib, kambag'allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash yo'lida benihoya mashaqqatli, ammo sharafli mehnat qilib kelmoqdasiz.Bugun – siz uchun eng ezgu tilaklar tilanadigan, xotiralar o'zini yangilaydigan kun. Shu fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sog'lik, shijoat, omad va oilaviy baxt tilaymiz. Har bir harakatingizning samarasini ko'rib, farzandlaringizning baxtidan quvonib yashash nasib etsin.Yaratgan doimo qo'lingizni baland, maqsadlaringizni ulug' qilsin.
🎉Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin!
Hurmat bilan, Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi jamoasi.