Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-14
Yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot – kelajak sari mustahkam qadam
Bugungi kun yoshlari – jamiyatning eng faol, tashabbuskor va ijodkor qatlamidir. Ularning har bir orzusi, maqsadi va intilishi yurtning ertangi kunini belgilaydi. Shu bois ularga quloq tutish, muammolarini tinglash, qo'llab-quvvatlash – kelajakni mustahkam poydevor bilan qurish deganidir.Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i Z.Ollakuliyev ana shu yuksak maqsad yo'lida Gurlan tumanining Jaloyir va Ishonch mahallalaridagi o'ziga biriktirilgan ishsiz yoshlar bilan yuzma-yuz uchrashdi.
Bu uchrashuv oddiy rasmiy tadbir emas, balki samimiy muloqot, ishonchli suhbat, ochiq fikr almashinuvi edi.Har bir so'z, har bir muloqot – ularning ichki olamiga nazar tashlash, hayotiy yo'llarini anglashga imkon yaratdi.
Boshqarma boshlig'i yoshlarga qaratilgan davlat siyosatining imkoniyatlari, ularning kelajakdagi roli, mehnat bozori va ta'limdagi o'zgarishlar haqida ochiq gapirdi.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati