Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar bo‘limida ishlash sizga yoqadimi? Imkoniyat bor !

error

2025-05-19

Hurmatli fuqarolar!

📍Xorazm viloyatining Tuproqqal'a, Hazorasp, Bog‘ot, Qo‘shko‘pir va Shovot tumanlari Favqulodda vaziyatlar bo‘limlarining xizmatchi lavozimlaridagi bo‘sh ish o‘rinlarga tanlov e’lon qilindi.

✅Ishga kirish istagini bildirgan nomzodlar 2025-yil 22-may kuni ertalab soat ⏰07:30 da Urganch shahar "Yoshlik" sport majmuasiga (soch va soqol olingan holda) o‘zlari bilan sport kiyimi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat, diplom, harbiy guvohnoma, haydovchilik guvohnomasi (B, C toifali) va 086-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma bilan kelishlari talab etiladi.

⚠️Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

- bo‘yi 170 sm.dan past bo‘lmagan, 

- o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, 

- harbiy xizmatni o‘tagan 30-yoshdan oshmagan bo'lishi kerak.

⚠️Eslatib o‘tamiz, soat 8:00 dan kechga qolgan nomzodlar ro'yxatga kiritilmaydi.

📞Qo'shimcha ma'lumot uchun:+998(62) 223-11-57

Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati