Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

💼160 mingdan ortiq yangi ish o‘rni.

error

2025-07-04

💼160 mingdan ortiq yangi ish o‘rni.

Bu — faqat statistik ko‘rsatkich emas.

Bu — o‘zi, oilasi, kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olgan odamlar.

Bu — mehnat orqali o‘ziga bo‘lgan ishonchini qayta topgan insonlar.

🗓 2025-yilning birinchi yarim yilligida Xorazm viloyatida 155 479 ta yangi ish o‘rni yaratish reja qilingan edi.

📈Bugunga kelib ushbu ko‘rsatkich amalda oshirib bajarildi: 160 735 ta ish o‘rni amalda yaratildi.

So‘z emas – ish. Reja emas – natija.

Har bir raqam ortida bir inson, bir hayot, bir orzu bor.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati