Yangiliklar
Yangiliklar
2022-07-13
Urganch tuman Aholi bandligiga ko'maklashish markaziga har kuni ish izlovchilar bilan bir qatorda, kasb-hunarga o'qish istagini bildirayotgan fuqarolar ham murojaat qilmoqda.
👉Xususan, bugun Urganch tumani Cho'lobod MFY da istiqomat qiluvchi fuqaro
▫️Dilbar Ahmedova buxgalteriya kasbiga,
Bog'dorchi MFY da istiqomat qiluvchi ▫️Sadoqat Hayitova ayollar sartaroshchiligiga,
Yoshlik mahallasidan▫️Bonu Ismoilova, YangiObod MFY dan ▫️Dildora Quramboyevalar tikuvchilikka qiziqishi borligini bildirgan.
Ularga Urganch shahar "Ishga marhamat" monomarkazida oʻqish uchun bepul yoʻllanmalar berildi.
Endilikda ular bepul kasb-hunar o'rganish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Xorazm viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing