Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

🚫Korrupsiya – taraqqiyotga urilgan zarba.

error

2025-12-08

🚫Korrupsiya – taraqqiyotga urilgan zarba.

Jamiyatda har bir pora — nafaqat bir odamning, balki butun kelajakning imkoniyatlarini o‘g‘irlashi bilan xavflidir.

Korrupsiya:

adolat mezonlarini buzadi,

halol mehnat qilganlarni qadrsizlantiradi,

odamlarning davlatga bo‘lgan ishonchini yemiradi.

 🛑Korrupsiyaga ko‘z yumish — ertangi jinoyatga sherik bo‘lish demak. Shuning uchun har bir fuqaroning ko‘rganini yashirmasdan xabar berishi — halol fuqarolik mas’uliyatidir.


 📢Shu maqsadda, Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi doirasida Bandlik boshqarmasining Komplayens nazorati tomonidan Urganch, Qo‘shko‘pir, Hazorasp, Xonqa va Xiva tuman bandlikka ko'maklashish bo'limi xodimlari ishtirokida navbatdagi seminarlar o‘tkazildi.

 Seminar davomida korrupsiyaning jamiyatga ta’siri, uning oldini olish choralari hamda murojaat qilish mexanizmlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.