Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

ISTIQBOLLI LOYIHALAR AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASHGA XIZMAT QILADI

error

2022-08-07

Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni qoʻllab-quvvatlash hamda aholining energiya resurslariga boʻlgan talabini toʻliq qanoatlantirish maqsadida Energetika vazirligi tomonidan Xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikdagi investitsiya loyihalarini davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida amalga oshirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratila boshlandi.


Muhtaram Prezidentimizning bu boradagi sayi-harakatlari natijasida chekka hududlarda ham yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. So’zimiz isboti, Yangiariq tumanida “ODAS Enerji CA” MChJ shaklidagi xorijiy korxonasi tomonidan quvvati 174 MVt boʼlgan gaz-porshenli elektr stantsiyasi tashkil etilmoqda. Mazkur loyiha qiymati 105 mln. dollorni tashkil etadi. Investor tomonidan obyektga oʼrnatilayotgan uskunalar Turkiya davlatidan olib kelinmoqda. Bugungi kunda obyektda 80% qurilish ishlari yakunlanib, parallel ravishda bosqichma-bosqich ishga tushirish choralari koʼrilmoqda.

Bugun AOKA Xorazm viloyati boshqarmasi, Yangiariq tuman hokimligi va O’zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo’limi tomonidan mazkur “ODAS Enerji CA” MChJ shaklidagi xorijiy korxonaga press-tur tashkil etildi.

Press-turda media makon vakillari korxona faoliyati va qurilish jarayonlari, aholiga koʼrsatilayotgan qulayliklar va imkoniyatlar shuningdek, viloyatimiz aholisini elektr energiyasiga boʼlgan talabini ham oʼrgandilar.


Mazkur korxona soatiga 174 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.

-“Ayni damda bu yerda qurilish montaj ishlariga 240 dan ziyod ishchi-xodimlar jalb qilingan. Ularning oylik maoshi 3 mln so’mdan 7 mln so’mgacha bo’lib, ishchi xodimlar kuniga uch mahal issiq ovqat, ishga qatnashlari uchun bepul transport va maxsus ust-bosh bilan ta`minlangan. Oylik maoshlari ham oʼz vaqtida berilmoqda”,- deydi korxona direktori Can Ahmet Goksal.


Bu yerda ishlayotgan ishchilarning ko’pchiligi energetika sohasini yangi tugatib kelgan bitiruvchi yoshlar ekanligi e’tiborimizni tortdi. Ular xorijiy mutaxassislardan mazkur sohani mukammal o’rganish barobarida yaxshi ish haqiga ham ega bo’lishmoqda.

Umumiy yer maydoni 7,0 gektarni tashkil qiladigan ushbu korxona toʼliq ishga tushishi hisobiga yana qoʼshimcha ishchi oʼrinlarini yaratish imkoniyatiga ega boʼladi.

Ma’lumotlarga ko’ra, loyiha sentabr oyida to’liq ishga tushirilishi ko’zda tutilgan. Agar loyiha to’liq ishga tushsa, 70 nafar fuqarolar uchun doimiy ish o’rinlari yaratiladi. Bundan tashqari, ushbu elektr stansiyasi viloyatimizga 55 % elektr energiyasi bilan ta’minlab bera olish quvvatiga ega bo’ladi. Natijada mamlakatning energetika ta’minotining ishonchliligi va barqarorligi oshadi. Asosiysi, aholining turmush sifati yaxshilanib, yangi ish o’rinlari paydo bo’ladi.

Mavjuda Sobirboyeva

jurnalist.