Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

"KARYERA KUNI"

error

2023-05-22

Bugun, 22-may sanasi soat 9:00 da Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida "Karyera kuni" doirasida " Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga  yaratilgan imkoniyatlar"  mavzusida  seminar-trening va   mehnat yarmarkasi  bo'lib o'tdi

Ushbu yarmakadan:    ➡️Bo'sh ish o'rinlari

                                              ➡️Stajirovkalar

                                              ➡️Amaliyot

                                              ➡️Mutaxassislarning maslahati

                                              ➡️Master-klass

                                              ➡️Trening

                                              ➡️Biznes ishi o'rin olgan bo'lib, TATU UF bitiruvchi talabalarini ish bilan ta'minlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir

Bu kabi “Karyera kunlari” bitiruvchi talabalarning kelajakdagi kasbiy o‘sishlarida navbatdagi omadli qadam bo‘lishini tilab, Viloyat hokimi o'rinbosari Salayev San'at Komilovich  seminarni ochib berdi

Intervyu: Ushbu seminarni o'tkazishdan maqsadimiz IT va raqamli texnologiyalar ta'limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni talabalarga to'g'ridan-to'g'ri yetkazish, ochiq muloqot qilib, mavjud imkoniyat va ertangi kunga qo'yilayotgan talablar bilan ularni boxabar qilishdan iboratdir-dedi unda so'z olgan TATU markaz rahbari

Mehnat yarmarkasida Urganch tuman va shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limlari o'zlarida mavjud bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashdilar