Yangiliklar
Yangiliklar
2023-07-03
Viloyatdagi mavjud oliy taʼlim muassasalarini tugatayotgan bitiruvchi talabalarning bandligini taʼminlash maqsadida Urganch davlat universitetida ”Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Viloyat hokimi Joʻrabek Rahimov ham yarmarkada ishtirok etgan bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Yarmarkada viloyatdagi 13 ta tuman-shahardan 800 dan ziyod idora tashilot, 5800 ta boʻsh ish oʻrni bilan ishtirok etdi. Mazkur boʻsh ish oʻrinlaridan 3200 tasi uchun oliy maʼlumot talab qilinadi. Yarmarkada har bir tuman shahar uchun alohida pavilonlar ajratilgan boʻlib, ularda maslahat burchaklari ham tashkil qilingan.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing