Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

RASMIY_MUNOSABAT

error

2023-10-31

RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazmda mahalla egasiz va qarovsiz qoldimi? “ sarlavhali xabar tarqaldi.

Unda Qo‘shko‘pir tumanining “Durdona” MFY raisi ishini tashlab, Rossiyaga ishlashga ketganligi va hozirga qadar mahallaga yangi rais tayinlanmagani  aytilgan.

 Mazkur murojaat yuzasidan Xorazm viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan qonunda belgilangan tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Xizmat tekshiruvi  yakuniy natijasi yuzasidan batafsil ma’lumot  taqdim qilinadi.

Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati