Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

SAYYOR QABUL – MUAMMO VA YECHIM

error

2023-11-30

SAYYOR QABUL – MUAMMO VA YECHIM

Joriy yilning 30-noyabr kuni "Gurlan sport majmuasi"da fuqarolarning  muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o’rnatib, yechimini kutayotgan masalalarni joyida o‘rgangan holda  tezkor hal etish ,zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'ining 1- o'rinbosari ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi.

Qabulda murojaatlarning ko'pi subsidiya asosida asbob-uskuna olish masalasida bo'ldi.

 Har bir murojaat tegishli tartibda o‘rganilib, qonuniy hal qilish va amaliy yordam berish choralari ko‘rildi.

Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati