Yangiliklar
Yangiliklar
2023-12-05
160 TA TIKUV MASHINA, 5 TA MONOBLOK VA 4 TA PISHIRIQ PECHLARI O'Z EGALARIGA TOPSHIRILDI
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan
📍Urganch shahri hamda Shovot tumanidagi 160 nafar "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"da turgan ishsiz fuqarolarga mahallalaridagi hokim yordamchisi tavsiya xati asosida o‘zini o‘zi band qilib, oilasiga qo‘shimcha daromad keltirishi uchun
➡ 160 ta tikuv mashinalari,➡ 5 ta monoblok,
➡ 4 ta pishiriq pishirishga mo'ljallangan pechlar subsidiya tariqasida berildi.
⚠Eslatib o'tamiz, ushbu turdagi subsidiyalar ishsiz fuqarolarga hokim yordamchisining tavsiyasi bilan ajratiladi.
Ariza topshirmoqchi bo'lganlar doimiy yashash joyi manzilidagi hokim yordamchisiga yozma shaklda yoki 🌐“Onlayn mahalla elektron platformasi orqali murojaat qilishi mumkin.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati