Yangiliklar
Yangiliklar
2023-12-06
Xorazm viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi xodimlari oʻrtasida bosh qomusimiz- O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan diktant tanlovi o'tkazildi.
"Mening Konstitutsiyam 31 yoshda " mavzusida tashkil etilgan ushbu tanlov Konstitutsiyamizning yangi tahriridagi oʻzgarishlar, undagi mehnat munosabatlariga oid moddalar tahlili bilan boshlandi.
Shundan so'ng, qomusimizda belgilangan inson qadri, ularning farovonligi gʻoyalarini ochib berishga qaratilgan matn o'qib eshittirildi.
✅Diktant imloviy xatolarsiz yozishga qaratilgan bo'lsa-da, uni mavzusi Konstitutsiyamizga taalluqli ekanligi - eshitish va yozish davomida ham har bir xodim qalbida Konstitutsiyamizga nisbatan g'urur tuyg'usini yanada jonlantirdi.