Yangiliklar
Yangiliklar
2023-12-07
Yangiariqda yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi
Zamonaviy loyihalar asosida barpo etilgan va barcha sharoitlarga ega ushbu mahalla binosi Yangiariq tumanidagi "Shirsholi" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarga ajoyib bayram tuhfasi boʻldi.
Binoning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari R. Turdiboyeva, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi Sh.Sotimov, viloyat hokimi oʻrinbosari N.Qutlimurodova, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri S. Berliqilichov, tuman hokimi K. Atajanov ishtirok etib, soʻnggi yillarda mamlakatimizda mahalla instuti faoliyatini yanada rivojlantirish, uni eng xalqchil tuzilmaga aylantirish borasida qator ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladilar.
Shuningdek, tantanali tadbirda mahalla fuqarolar yigʻiniga zamonaviy televizor va kompyuter jamlanmasi sovgʻa qilindi.
Xorazm viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati