Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

"Kasbim-faxrim" tanlovi o'tkazildi.

error

2023-12-06

Qo'shko'pir kasb-hunarga o'qitish markazining 2023-2024 yillarga mo'ljallangan rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida markazda

yosh bolalar uchun enaga,tarbiyachi yordamchisi ,

tikuvchilik,

oshpaz-qandolatchi,

axborot kommunikatsiya texnologiyalari,

ayollar sartaroshi yo'nalishlari bo'yicha kasbga o'qitilayotgan tinglovchilar o'rtasida "Kasbim-faxrim" tanlovi o'tkazildi.

Tanlovda tuman hokimining o'rinbosari, oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i S.Xudayberganova ishtirok etdi.

🤝Tanlov bellashuv tariqasida bo'lib, unda tinglovchilar kasbiy bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.

Tanlovni malakali mutaxassislar baholab bordilar.

🥇🥈🥉Tanlov yakunida faxrli o'rinlarni egallagan hamda tanlov shartlari bo'yicha nominatsiyalarda g'olib bo'lgan jamoalarga kasb-hunarga o'qitish markazining diplomlari, tashakkurnomalari va esdalik sovg'alari topshirildi.

  Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati