Yangiliklar
Yangiliklar
2023-12-22
YOSHLARGA EʼTIBOR — KELAJAKKA POYDEVOR
💠Vazir va yoshlar uchrashuvi. Bu kabi tadbirlarning
uyushtirilishi yosh kadrlar – kelajak davomchilarining unib oʻsishi, koʻzlagan
marralari sari dadil qadam tashlashlari uchun naqadar muhim ekanligi hech kimga
sir emas.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayevning tizimdagi
yosh xodimlar bilan oʻtkazgan uchrashuvida ham ayni shu maqsad mujassam boʻldi.
✅Tadbir
soʻngida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari Raʼno Turdiboyeva
bir guruh yosh xodimlarga vazirning faxriy yorligʻi va ragʻbatlantiruvchi
sovgʻalarni topshirar ekan, ularga kelgusi ishlarida muvaffaqiyat va rivoj
tiladi.
🔵Mamlakatimizda izlanuvchan, tirishqoq va albatta oʻqimishli yoshlar koʻpayaversa, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishlariga ishonch bildirdi.
Xorazm viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati