Yangiliklar
Yangiliklar
2023-12-24
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi
boshlig'ining birinchi o'rinbosari ishtirokida 📍"Gurlan sport
majmuasi"da o'tkazilgan sayyor qabulda subsidiya asosida
asbob-uskuna so'rab murojaat qilgan ishsiz fuqarolarning masalalari ijobiy hal
bo'ldi.

✅Kuni
kecha Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
Xorazm viloyati boshqarmasida murojaatchilarga arizasida ko'rsatilgan
asbob-uskunalar topshirildi.
➡️Shuningdek,
shu kunning o'zida Qo'shko'pir tumanidagi 🟢"Yoshlar daftari"🟠 "Ayollar
daftari" hamda 🔴"Temir daftar" da turgan fuqarolarga ham hokim
yordamchilari tavsiyanomasi asosida o'zini-o'zi band qilib, faoliyatlarini
boshlashlari uchun subsidiya asosida asbob-uskunalar berildi.

Xorazm viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati