Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

AXBOROT XIZMATI RAHBARLARIGA GUVOHNOMALAR TOPSHIRILDI

error

2023-12-29

AXBOROT XIZMATI RAHBARLARIGA GUVOHNOMALAR TOPSHIRILDI                     

️Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan  attestatsiyadan o‘tkazilgan axborot xizmati rahbarlariga “Axborot xizmati rahbari attestatsiyadan o‘tganligi haqida guvohnoma”lar topshirildi.


Ularning orasida  Xorazm viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati rahbari ham bor.


️Tadbirda bugungi kunda har bir tashkilotda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash kun tartibidagi eng dolzarb masalalar qatoriga chiqib ulgurgani, bu jarayonlarda axborot xizmatlarining o‘rni va roli qanchalik muhim ekanligi ta’kidlandi.

️Shuningdek, o‘tgan davrda axborot xizmatlari faoliyati, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning yoritilishi, ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan hamkorlik masalalari, 2023 yil uchun belgilangan media-reja ijrosi tahlil qilinib, galdagi vazifalar belgilab olindi.


️Boshqarma boshlig'i Dilbar Bekchanova axborot xizmati rahbarlariga guvohnomalarni topshirdi.

Xorazm viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati