Yangiliklar
Yangiliklar
2023-12-05
Ijtimoiy tarmoqlarda " Mahalla yettiligi pul yig'uvchimi? " sarlavhali xabar tarqaldi.
Hazorasp tumanidagi mahallalarda faoliyat olib boruvchi (ism-sharifi keltirilmagan)mutasaddilar tomonidan yo’llangan ushbu murojaatda, mahalla yettiligi xizmat vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilinayotganidan shikoyat qilingan.
Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan Hazorasp tumani MFY raislari va hokim yordamchilari o’rtasida tushuntirish xati olish yo’li bilan holat o’rganilganida, mas’ullar o’z xizmat vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilinmaganligini bildirishdi.Holat o’z tasdig‘ini topmaganligini ma’lum qilamiz.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing