Yangiliklar
Yangiliklar
2024-01-26
MATBUOT ANJUMANI
2023-yilda Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda 2024-yil uchun belgilangan rejalar bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida (Xorazm MTRK hamda TTV hamkorligida) matbuot anjumani o‘tkazildi.
✅Ta'kidlandiki: o'tgan 2023-yilda Xorazm viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda uning hududiy Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limlari tomonidan viloyat bo'ylab, 152 ta mehnat yarmarkalari o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 7486 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi 29 ming 462 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashgan.
📈 Mazkur yarmarkalarda 12 mingdan ziyod fuqarolar ishtiroki ta’minlandi.
✅Shundan, 1708 nafari doimiy ishga joylashtirilgan,
✅845 nafari kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun yo'naltirilgan.
✅654 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilib, boshqalariga huquqiy maslahatlar berilgan.
⚡️Shuningdek, o’zini -o’zi band qilib, faoliyatini boshlashlari uchun ijtimoiy daftarlarda turgan 6123 nafar fuqarolarga subsidiya asosida 31,7 mlrd. so'mlik asbob-uskuna va mehnat qurollari ajratilgan.
Xorazm viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan o’tgan 2023-yilda jami 1396 ta tekshirish o’tkazilib, 🔴mehnat qonunchilik talablarining buzilishiga yo’l qo’ygan 860 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 2 mlrd .17 mln.950 ming so’m miqdorida jarima choralari qo’llanilgan.
2024-yil davomida viloyatimizda tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish bo'limlari tomonidan 26 ming 400 nafar ish bilan band boʻlmagan shaxslarga bandlik xizmatlari koʻrsatilishi rejalashtirilgan.
✅Buning uchun bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hamda jamoat ishlar jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 10.mlrd. soʻm mablagʻ moliyalashtiriladi.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati