Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

URGANCH KASB-HUNARGA O'QITISH MARKAZI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QO'YILDI

error

2024-02-16

“O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatini rivojlantirish” loyihasi doirasida Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish ko‘lamini kengaytirish maqsadida Urganch kasb-hunarga o’qitish markazi qurilishiga tamal toshi qo’yildi.

Marosimda Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi  maslahatchisi va Bosh konsuli hamda 1-darajali maslahatchi, KOICA O‘zbekiston vakolatxonasi direktori, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mas’ullari, Xorazm viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda uning tuman-shahar bo’limlaridan mas’ullar, loyihachilar, qurilish kompaniyalari va biznes vakillari ishtirok etishdi.

 

Tadbirda KOICAning qurilish boʻyicha menejeri tomonidan qurilishning borishi haqida taqdimot qilindi.


So‘z olganlar qisqa fursatlarda qurib, ishga tushirilishi  rejalashtirilgan ushbu markaz kelajakda yuksak saviyali  kasb egalarini tayyorlash markazi sifatida iqtisodiyot rivojiga hissa qo‘shishiga tilakdosh bo’ldilar.



 Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati