Yangiliklar
Yangiliklar
2024-03-07
Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi xodimlari:
➡️Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi boshlig‘i
Hamid Sitchanov ;
➡️Aholi bandligi, ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sho‘basi boshlig‘i
Umid Abdullayev ;
➡️Kasbga o‘qitish va milliy malaka sho‘basi boshlig‘i
Rafael Jonibekov hamda
➡️Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Xorazm viloyati filiali direktori G‘ayrat Ishimmetovlar
7-mart soat 16:00 da,📺Xorazm telekanalining to‘g‘ridan-to‘g‘ri
🔴jonli efirda bo‘lib o‘tgan 📢" Ochiq muloqot ” tok-shousida ishtirok etishdi.
Unda "Mehnat qonunchiligi, qonuniy migratsiya, aholi bandligini ta'minlash borasida qilinayotgan ishlar borasida so’z bordi. Shuningdek, boʻsh ish oʻrinlari to’g’risida aholini xabardor qilib borish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida ham to’xtalib o’tildi.Fuqarolarning uzog’ini-yaqin qilish, vaqtdan unumli foydalanib,masofadan vakansiyalar bilan tanishish imkoniyatini yaratish maqsadida ishga tushirilgan maxsus telegram bot haqida ham ma’lumotlar berildi.
Jonli efirda 1 soat
davom etib, qizg'in bahs-munozaralarga boy bo'lib o'tgan
tok-shouda, fuqarolar tomonidan ⬆️Yuqoridagi
xodimlar faoliyatiga taalluqli savollar bilan studiyaga o‘rnatilgan
☎️(62) 223-92-01 telefoni orqali 30 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi .Har bir murojaatga tegishli mas’ul mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.
Estalib o’tamiz” ko'rsatuv 9-mart kuni soat⏰ 17:00 da takroran efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati