Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

error

2024-03-18

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Bog'ot tumani Bog'zor mahallasida yashovchi fuqaro Jumaniyozova Sadoqatning farzandi  Hayitbayeva Gulruh uchun subsidiyaga tikuv mashinasi olishda amaliy yordam so'rab  qilgan   murojaati bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

 Fuqaro Hayitbayeva Gulruh 2024-yil 19-fevral  sanasida subsidiyaga tikuv mashinasi olish maqsadida “Online-mahalla.uz”elektron platformasi orqali                 № 645394-sonli ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatiga  mahalla hokim yordamchisi tomonidan 2024-yil 20-fevral sanasida rejalashtirgan faoliyatni amalga oshirish uchun subsidiya mablag'ini ajratish maqsadga muvofiqligi to'g'risidagi 32-sonli tavsiyanoma berilgan.

Platformada bo'lgan texnik nosozliklar shuningdek,  kambag‘allikni qisqartirish va  mahallalarni  qo'llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha  bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari ishdan bo‘shaganligi sababli, Markaz xulosasi (2094-sonli) 2024-yil  16-mart  sanasida, mas’ul shaxs belgilangandan keyin berilgan.

2024 yil 18-mart  sanasida  Hududiy boshqarmaning subsidiya ajratish to'g'risidagi 12519-sonli buyrug‘i chiqqan bo‘lib, murojaati  ijobiy hal etilganligini, shuningdek mahsulotlari  tez kunlarda yetkazib berilishini ma’lum qilamiz.

 

Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati