Yangiliklar
Yangiliklar
2024-03-26
Xorazm viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan Urganch davlat universitetida "Karyera kuni" doirasida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o’tkazildi.Unda barcha tuman (shahar) Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limlari o'zlaridagi 1406 ta korxona-tashkilotlarda mavjud 2267 ta bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashdi.
Yarmarkani Urganch davlat universiteti rektori Bahrom Abdullayev ochib berdi.
Shuningdek, viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Hamro Bektemirov hamda Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Aholi bandligi, ishsizlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash sho'ba boshlig'i Umidbek Abdullayev so'zga chiqib, tadbirning mazmun-mohiyati, yaratilgan sharoitlar haqida gapirdilar va o'qish barobarida ishlash istagida bo'lgan talabalar uchun bu zo'r imkoniyat ekanligini ta'kidladilar.
O'zlari munosib ko'rgan ish o'rinlariga ega bo'lishlari hamda o'qish va ishlarida omad yor bo'lishini tiladilar.
Aytish joizki, ushbu mehnat yarmarkasida universitetning 6 100 nafardan ziyod bitiruvchi talabalari ishtirok etib, ulardan 875 nafari yuridik maslahatlar hamda ishga joylashish boʻyicha tavsiyalar olishdi.
Xorazm viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati