Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

NAVBATDAGI SAYYOR QABUL BOG'OT TUMANIDA O'TKAZILDI

error

2024-04-05

Xabar berganimizdek, bugun 5-aprel kuni Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'ining sayyor qabuli reja grafik bo’yicha Bog’ot tumanida o’tkazildi.


Aholi bilan yuzma-yuz muloqotda bo'lib, muammolarini o’rganish va hal etishga qaratilgan ushbu sayyor qabulda tumandagi "Nurlihayot" mahallasida yashovchi fuqaro Ibragimova Durdona  tikuv mashinasi so'rab murojaat qildi va bugunning o’zida unga to’g’ri chok va overlok tikuv mashinalari subsidiya asosida  berildi.


Shuningdek, "Qulonqorabog" mahallasidan murojaat bilan kelgan fuqaro Rashid Jabborovga 2 sotix issiqxona subsidiya asosida qurib beriladigan bo'ldi.

Inson manfaatlarini ta`minlash uchun avvalo, odamlar va xalq bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish alohida ahamiyat kasb etadi.

Shunga asosan, bugungi sayyor qabuldan  yana bir fuqaro xursand bo’lib ketdi.Gap shundaki, ish so’rab murojaat qilgan "Hunarmand" mahallasida yashovchi o'rta ma'lumotli, Maqsuda Quryozova bugunning o'zida, mas'ullar nazorati ostida tumandagi 9-son maktabga yo'llanma berilib, ishga joylashtirildi.


Qabulda fuqarolar o’zlarini qiynayotgan savollar bilan murojaat qilib, kerakli tavsiyalarni oldilar. Murojaatlarning aksariyatiga joyida hal etilgan bo’lsa, qolganlariga huquqiy tushuntirish berilib, ayrim murojaatlar o'rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.

Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati