Yangiliklar
Yangiliklar
2024-04-09
YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
Xorazm viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida Yangibozor tumani "Hamid Olimjon" mahallasida joylashgan 2-son kasb-hunar maktabida ishsiz fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning bandligini ta'minlash, ularga munosib ish o'rinlari topishlarida ko'maklashish, qiziqishlarini o'rganib, yo'l-yo'riq ko'rsatish, kasb-hunarga yo'naltirish maqsadida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda Xorazm viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Aholi bandligi, ishsizlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i Umidbek Abdullayev hamda Kasbga o‘qitish va milliy malaka bo’limi boshlig‘I Rafael Jonibekov ishtirok etib, yig’ilganlarga bosh boshqarma tomonidan viloyatimizda mavjud bo’sh ish o’rinlari bilan masofadan turib tanishish imkoniyatini beruvchi (Vakansiy) Bot yaratilganligi haqida ma’lumot berishdi.
Kasb-hunarga o’qish borasida berilayotgan imtiyoz va qulay imkoniyatlar haqidagi so’zlar yoshlarni ruhlantirdi - deyish mumkin.Chunki, bepul 3 oylik kursda bir kasb egasi bo’lish imkoniyati haqida eshitgan ishsiz yoshlar shu yerning o’zida Yangibozor kasb-hunarga o’qitish markazi direktoriga yuzlanishdi va o’qish istagini bildirishdi.
Shuningdek, uchrashuvda bank xodimlari ham ishtirok etib, mavjud kreditlar haqida ham batafsil ma’lumot berishdi.
Ochiq va samimiy ruhda o'tgan uchrashuvda yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, mutaxassislardan javob olishdi.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati