Yangiliklar
Yangiliklar
2024-04-11
OQAVA SUV KELMAY QO'YGAN YERDAN HAM QILSA BO'LAR EKAN-KU...
Yerning saxovati cheksiz.Faqat unga mehr ko'rsatilib, omilkorlik bilan ish tutilsa bas. Har bir ekin turidan yuqori hosil olish mumkin.Buni dehqonlarimiz asrlar davomida isbotlab kelishmoqda.Gurlanlik Quryazovlar oilasi ham, dehqonchilik hadisini olgan, yer bilan tillashgan oila.
Ular 1️⃣0️ yildan ortiq chet elda dehqonchilik bilan shug'ullanishgan (oilaviy).
🎙 "Tajribalarimni o'z ona yurtimda tatbiq qilmoqchiman" -deydi oila boshi Odamboy aka.
Hozirda hokim yordamchisi ko'magi bilan kooperatsiya usulida, ijara shartnomasi asosida tumandagi "Besh uy" mahallasidan yer olishgan.Tomchilatib sug'orish tizimini yo'lga qo'yib, yerning bir qismiga mahalliy va eksportbop piyozlar, bir qismiga tarvuz, yana bir qismiga sabzi ekkan.Bu o'z navbatida xonadon ro'zg'orining to'kinligini ta'minlabgina qolmay, yuqori sifatli qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilishni ham rag'batlantiradi.
➡️Odamboy akaning so'zlariga ko'ra, iyunda tarvuzlari, iyulda piyozlari pishadi.So'ng, nafaqat bozorimiz rastalarini to'ldirish balki, eksportga ham chiqarish niyati bor.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati