Yangiliklar
Yangiliklar
2024-04-16
YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
Mamlakatimizda yoshlarning talab va ehtiyojlarini o'rganish, mushkulini oson qilish, hayotdan roziligini ta'minlash, iste'dod va iqtidorlarini qo'llab-quvvatlab, qanot bo'lib, ishonch bag'ishlashga katta e'tibor qaratilmoqda.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'ining Gurlan tumani Yormish mahallasidagi 3-son kasb-hunar maktabi binosida o'tkazgan "Yoshlar bilan uchrashuv"i ham yuqoridagi so'zlarimizga dalolatdir.
Ta'kidlash joizki, ushbu mahalladagi 33 nafar yoshlar bosh boshqarmasi boshlig'iga biriktirilgan bo'lib, ularning 9 nafari chet elga ishlash uchun ketganligi sabab, ushbu uchrashuvda 24 nafari ishtirok etishdi va doimiy ishga joylashish, subsidiya olish hamda imtiyozli kreditlardan foydalanish borasida o'zlarini qiynayotgan savollar bilan murojaat qilishdi
📄Har bir savol va murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.
✅Shuningdek, muloqotlarda til o'rganish, bilim olish, kitob o'qish, kasb-hunar egallashdan to'xtamaslik, maqsad sari intilish - insonni kamolotga yetaklashi hayotiy misollar orqali tushuntirildi.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati