Yangiliklar
Yangiliklar
2024-04-18
VAZIR O'RINBOSARI XORAZMDA
O'zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev ishtirokida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan edi.
Unda fuqarolarni xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirishga yuborish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqilib, migratsiya geografiyasi kengaytirilmayotgani, hududlarda bu boradagi ishlar qoniqarsiz ahvolda ekanligi aytilgan.
Shuningdek, fuqarolarni nafaqat xorijga vaqtincha ishlash uchun qonuniy yuborish, balki ularning chet davlatda sharoitlarini o‘rganish hamda xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish kerakligi qayd etilgan edi.
Shundan kelib chiqib, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xorijdagi vakolatxonalari, tizim tashkilotlari vakillariga bir qator topshiriqlar berilgan.
Berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o'rinbosari R.Turdiboyeva Xorazm viloyatida bo'lib, mas'ullar bilan uchrashdi.
Suhbatda xorijiy ish beruvchilar buyurtmasi asosida fuqarolarni manzilli o‘qitishni yo‘lga qo'yish ayniqsa, xotin-qizlarni chet elga chiqib emas, talabgir kasb-hunarlarga o'qitib, o'zimizda bandligini ta'minlash va oilasi bag'rida ishlashlariga sharoit yaratish zarurligi ta'kidlandi.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati