Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

VAZIR O'RINBOSARI XORAZMDA (2-KUN) KASB-HUNAR O'RGATISH VA CHET TILLARINI O'QITISH HOLATI JOYIGA CHIQIB O'RGANILMOQDA

error

2024-04-19

VAZIR O'RINBOSARI XORAZMDA (2-KUN)

KASB-HUNAR  O'RGATISH VA CHET TILLARINI O'QITISH  HOLATI JOYIGA CHIQIB O'RGANILMOQDA

Kuni kecha, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev ishtirokida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlab o'tkazilgan yig‘ilishda fuqarolarni xorijga ketishdan oldingi o‘qitish va tayyorlash tizimi kutilgan natijalarni bermayotgani tanqid qilingan edi.

Ushbu yig'ilishda, endilikda monomarkazlar va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasida axborot almashish, xorijiy ish beruvchi buyurtmasi asosida fuqarolarni manzilli o‘qitish yo‘lga qo‘yilishi ta'kidlangan.

️Shunga asosan, vazir o’rinbosari R.Turdiboyeva xorijga ishchi kuchini tayyorlash va yuborish bo‘yicha yagona klasterga aylantirilayotgan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi,uning filiallari, monomarkaz va o‘quv markazlar faoliyati bilan tanishish maqsadida Xorazmga kelib, joylarga chiqqan holda o'rganish o'tkazdi.

📌Birinchi manzil: Urganch shahar Ishga marhamat” monomarkazi bo'ldi.

U yerda yangi tashkil qilingan "Ishga yo’naltirish bo’limi" hamda monomarkaz faoliyati bilan tanishdi, ustozlar va tinglovchilar bilan suhbatlashdi.

Keyin, Yangibozor tumaniga borib, "Sayxunobod tajribasi" asosida ish olib borilayotgan Pahlavon Mahmud mahallasida aholining tomorqalardan samarali foydalanishini ko'zdan kechirdi.Mahalla yettiligi va  fuqarolari o'rtasida qonuniy, tartibli migratsiya masalalari bo'yicha seminar o'tkazib,Vazirlar Mahkamasining "Yoshlarni kasbga (mutaxassislikka) va chet tillariga o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 213-son qarori mazmun-mohiyati haqida ham so'z yuritdi.

So'ng,Yangibozor kasb-hunarga o'qitish markazida bo'lib, amaliyot xonalarini ko'zdan kechirdi, yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan  tanishib, tinglovchilar bilan suhbatlashdi, fikrlarini o'rgandi.

Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati