Yangiliklar
Yangiliklar
2024-05-03
Hazorasp tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi T.Kuryazov boshchiligida 47 ta mahalla hokim yordamchilari ishtirokida “Navroʻz” mahallasida yashovchi X.Doʻschanov xonadonida seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda Xayrullo Doʻschanovning
«Sayxunobod tajribasi” asosida shaxsiy tomorqa xoʻjaliklarida yerdan samarali
foydalanish, qoʻshimcha tarmoqlarni tashkil qilish orqali oila daromadini
oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlari bilan tanishdilar.
Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtmoqchimizki, bugungi kunda viloyatimizdagi
barcha mahallalarda «Sayxunobod tajribasi” asosida shaxsiy tomorqalaridan
unumli foydalanib, issiqxonalar tashkil qilib, pomidor, bodring yetishtirib,
qoramol, qoʻy-echki, parranda boqish yoʻlga qoʻyilmoqda. Shuningdek, koʻpgina
xonadonlarda intensiv usulda baliq, biogomus, gul koʻchatlari yetishtirilmoqda.
Ayniqsa, imtiyozli bank kreditlaridan foydalangan holda asalarichilik,
qoʻziqorin yetishtirish kabi serdaromad ishlar
mahalla ahlining kundalik yumushiga aylanmoqda-desak, mubolagʻa
boʻlmaydi.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati