Yangiliklar
Yangiliklar
2024-05-21
HUDUDLARDA BO'SH ISH O'RINLARI MEHNAT YARMARKALARI O’TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda
vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni
qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni
ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va
bandlik bosh boshqarmasi tomonidan belgilangan reja grafikka asosan barcha
tuman shaharlarda bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkalari o’tkazildi.
Unda fuqarolar mutaxassislar tomonidan mavjud bo’sh ish o’rinlari bilan tanishtirildi .Ishlash istagini bildirgan fuqarolarga doimiy ishga joylashish uchun, kasb-hunar o’rganish istagini bildirganlarga markazlarda o’qish uchun yo’llanmalar, ba’zilariga huquqiy maslahatlar berildi.
Xorazm viloyat Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati