Yangiliklar
Yangiliklar
2024-05-24
SAYYOR QABUL – MUAMMO VA YECHIM
Kambag'allikni qisqartirish va
bandlik tizimiga doir murojaat, taklif va shikoyatlarni qabul qilish hamda
joyida o‘rganib, bartaraf etish choralarini ko'rish maqsadida Urganch
shahar "Ishga marhamat" monomarkazida o'tkazilgan navbatdagi sayyor
qabulda fuqarolardan ishga joylashish, tadbirkorlikni boshlash uchun kredit,
subsidiya asosida tikuv mashinasi olish masalalarida 19 ta murojaatlar kelib
tushdi.
➡️Qabulda ko‘tarilgan masalalarning
aksariyati joyida hal etilgan bo'lsa, vaqt talab etadiganlarining
ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, masofadan turib mavjud
bo'sh ish o'rinlari bilan tanishish imkonini beruvchi maxsus bot yaratilganligi
to'g'risida ham fuqarolarga ma'lumotlar berildi.
⚠️Eslatib o'tamiz : bot manzili”Xorazm vakansiya” (http://t.me/Xorazmishgamarhamat_Bot)
Siz haliyam a'zo bo'lmagan bo'lsangiz botga start berib qo'ying. Yaqinlarni ham xabardor qilib, bo'sh ish o'rinlari bilan xohlagan joyingizdan turib tanishib boring.
Xorazm viloyat Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati