Yangiliklar
Yangiliklar
2024-05-26
1-IYUNDAN MEHNAT MIGRATSIYASIGA KETAYOTGAN FUQAROLARGA IMTIHON, VIZA HAMDA YOʻL CHIPTASI XARAJATLARI QOPLAB BERILADI-MI?
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-aprelda “Mehnat migratsiyasi
jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini
amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
✅Farmonga asosan, 1-iyundan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga imtihon, viza hamda yoʻl chiptasi xarajatlari qoplab berilishi belgilangan.
❔Bu kimlar uchun va qaysi davlatlarga ketayotgan migrantlarimizga bunday imtiyozlar koʻrsatiladi?
Shu va shu kabi boshqa savollarga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Xorazm viloyati filiali yetakchi mutaxassisi Ixtiyor Nurmetov 🎙Fm 106.7 Xorazm radiosining "Qaror va ijro" eshittirishida javob berdi.
Intervyu: bugungi kunda 16 ta davlatning 150 ta ish beruvchilari
bilan hamkorlik kelishuvi imzolangan va 150
minga yaqin boʻsh ish oʻrinlari mavjud boʻlib, fuqarolar ushbu boʻsh ish oʻrinlari bilan “Xorijda ish” platformasi
orqali mumtazam ravishda tanishib borishlari mumkin buladi, bundan tashqari
Agentlikning rasmiy migratsiyaagentligi
telegram kanali orqali ish oʻrinlari bilan tanishib, oʻzlariga ma’qul kelgan ishlarga onlayn roʻyxatdan
oʻtishlari mumkin boʻladi.Kanalda Agentlik vakolatxonalarining telefon raqamlari va manzillari ham keltirilgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Xorazm viloyati filiali yetakchi mutaxassisi Ixtiyor Nurmetov
Xorazm viloyat Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati