Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

NOINSOF BO’LMAYLIK

error

2024-06-20

RASMIY MUNOSABAT

NOINSOF BOLMAYLIK

Ijtimoiy tarmoqlarda maoshimiz qilgan mehnatimizga yarasha emas, oylik oz ish kopdegan mazmunda xabar tarqaldi. Unda murojaatchi “Khorezm Insulation Group” Termo plus korxonasida ishlashini va  ushbu shikoyatni ishchilar nomidan yozayotganligini bildirgan.Hozirgi kunda olayotgan 3 mln so’m oylik maoshi yetmasligini aytib, mas’ullardan miqdorini oshirib berishni so’ragan.

Ushbu holat yuzasidan Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi shuni ma’lum qiladiki: korxona xususiy bo'lganligi sababli, bu masala uning ichki ishi hisoblanadi.Shuni unutmaslik kerakki, korxona o'z foydasidan kelib chiqib, xodimlarga oylik maosh taqsimlaydi, lekin qonunan, xususiy korxonalar tomonidan berilayotgan oylik maosh - eng kam oylik ish haqidan kam bo'lmasligi kerakligi belgilangan.Murojaatchi o’z so’zida oylik maoshi 3 mln so’m ekanligini bildirgan.Bundan kelib chiqadiki, korxona ishchilari olaigan oylik maosh Respublikadagi eng kam oylik ish haqidan baland.

Yana bir marotaba ta’kidlaymiz, bu – korxonaning ichki masalasi .Shu  sababli, ishchilar korxona yillik daromadi oshishini kutishi va bor kuch-g’ayratlarini safarbar etgan holda ishlab, keyinchalik oylik maoshi oshirilishi bo’yicha bir ovozdan rahbariyatiga taklif kiritishi maqsadga muvofiq.

Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati