Yangiliklar
Yangiliklar
2024-05-31
QONUNGA ZID RAVISHDA BOʻSHATILGAN 8 NAFAR XODIMLARNING TAQDIRI NIMA BO‘LDI ?
Joriy yilning 22-yanvar kuni Qoʻshkoʻpir tuman Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limiga WBM Qoʻshkoʻpir Claster MCHJ xodimlarining ishdan noqonuniy ravishda boʻshtilganidan norozi boʻlib qilgan murojaatlari kelib tushdi.
Oʻrganish davomida jamiyatning 8 nafar xodimi ishdan noqonuniy boʻshatilganligi aniqlandi.
Intervyu: Aniqlangan qonun buzilish holati yuzasidan jamiyatga xodimlarni ishga tiklash yuzasidan bajarilishi shart boʻlgan yozma koʻrsatma kiritildi.
Ish beruvchi tomonidan koʻrsatma talablari bajarilmaganligi sababli fuqarolik ishlari bo’yicha Shovot tumanlararo sudiga xodimlarni ishga tiklash yuzasidan daʼvo ariza kiritildi. Sudning hal qiluv qarori bilan 8 nafar xodimning ishga tiklanishi taʼminlandi. Ularga 56 mln so’m majburiy progul davri uchun ish haqi hamda maʼnaviy zarar uchun 26 mln soʻm undirib berildi.
Qoʻshkoʻpir tuman Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi Davlat mehnat huquq inspektori Munisbek Yurev
📞 Ishonch telefoni:(62)224-12-23
Xorazm viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati