Yangiliklar
Yangiliklar
2024-06-04
PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Bugun, 4-iyun kuni Xonqa tuman hokimligi binosida Xorazm viloyati
prokurorining yoshlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
✅Unda viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi bo'lim boshlig'i Umidbek Abdullayev ham so'zga chiqib, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida to'xtaldi.
Shuningdek, Bosh boshqarma tomonidan yaratilgan, viloyatimizda mavjud
bo'sh ish o'rinlari bilan masofadan turib tanishish imkoniyatini beruvchi
maxsus 🔍bot yaratilganligi hamda
subsidiya asosida asbob-uskuna olish tartibi haqida ma'lumotlar berdi.
✅ Ochiq va samimiy ruhda o'tgan muloqotda yoshlar o'zlarining muammolari bilan murojaat qildilar.
Xususan, bandlik tizimiga doir masala ham ko'tarilib, yoshlar o'zini-o'zi band qilib, faoliyatini boshlashlari va daromad topishlari uchun motokultivator, tikuv mashina va sartaroshchilik anjomlarini subsidiya asosida olish bo'yicha amaliy yordam so'radilar.
Murojaatlar qanoatlantirilib, ijobiy hal qilinishi bo'yicha
mutasaddilarga topshiriqlari berildi va ijrosi nazoratga olindi.
Xorazm viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati