Yangiliklar
Yangiliklar
2024-06-05
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasida ish beruvchilar aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda boʻsh (vakant) ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyda, shuningdek, xodimlarning ishdan boʻlgʻusi ozod etilishi toʻgʻrisidagi axborotni har bir xodimni koʻrsatgan holda, ular ishdan ozod etilishidan kamida 2 oy oldin hududiy mehnat organlariga taqdim etish orqali ishtirok etishi belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Mehnat organlariga boʻsh ish joylari (vakant lavozimlar)ning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va boʻshatilishi moʻljallanayotgan xodimlar haqidagi axborotni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomining 2-bandida boʻsh ish oʻrnilari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va xodimlarning ishdan boʻlgʻusi ozod etilishi toʻgʻrisidagi axborotni barcha ish beruvchilar — mulkchilik shaklidan qatʼi nazar yuridik shaxslar tomonidan majburiy tartibda, kichik tadbirkorlik subyektlari uchun esa ixtiyoriylik asosida taqdim etilishi belgilangan.
Hisobotlar hisobot oyidan keyingi oyning 1️-sanasidan 5️-sanasigacha boʻlgan muddatda taqdim qilinadi.
⬆️Yuqoridagi qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlamagan korxona va tashkilotlarning ish beruvchi mansabdor shaxslari Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 229-moddasi bilan javobgarlikka tortilishiga sabab boʻladi.
❕ Birinchi marta qonunni buzgan mansabdor shaxslar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 229-moddasi 1-qismi bilan BHMning 10 baravaridan 25 baravarigacha, mazkur huquqbuzarlik 1 yil mobaynida takroran sodir qilinganda BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha maʼmuriy javobgarlikka tortilishiga sabab boʻladi.
⚠️Shunday ekan, boʻsh ish oʻrinlari, vakant lavozimlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etishni unutmang❗️
Xorazm viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati