Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

HARBIY QISMDA YARMARKA

error

2024-06-07

HARBIY QISMDA YARMARKA

📢 Bugun, 7-iyun kuni Urganch shahridagi 53008 harbiy qismda Xorazm viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash boʻyicha yagona yondashuvning namunaviy tajribasini koʻrsatishga qaratilgan "Xorazm yoshlar o'quv-seminari" doirasida   otaliqqa olingan yoshlar uchun bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkazildi.


🤝 Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu yarmarkada viloyatimizdagi barcha tuman(shahar) Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limlari 6174 ta korxona-tashkilotlarda mavjud 14 493 ta bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashdi.

 ⏺ Shuningdek, Urganch shahar "Ishga marhamat" monomarkazi, Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi hamda Tuproqqal'a, Xonqa, Yangibozor va Qo'shko'pir kasb-hunarga o'qitish markazlari o'z ko'rgazmalari bilan ishtirok etib, yoshlarga mavjud o'quv yo'nalishlari bo'yicha ma'lumotlar berishdi. 

Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati