Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

O'ZBEKISTON - KOREYA YANGI HAMKORLIK ALOQALARI

error

2024-06-14

O'ZBEKISTON - KOREYA YANGI HAMKORLIK ALOQALARI

Xabaringiz bor, “O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatini rivojlantirish loyihasi" doirasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish ko‘lamini kengaytirish maqsadida Urganch shahar kasb-hunarga o’qitish markazi qurilish ishlari davom etmoqda.


 Intervyu: -Markaz qurilishi barcha jihozlari bilan birga Koreya Respublikasining grand mablag’lari hisobidan amalga oshirilmoqda. Hozirga qadar  umumiy qurilish ishlarining 50% bajarilgan.(reja grafikka asosan,  2025-yil iyun oyida foydalanishga topshirilishi belgilangan) O'quv markazimiz 1 yilda 300 nafar ishsiz va band bo'lmagan fuqarolarni turli yo'nalishlarda kasb-hunarlarga o’qitishi rejalashtirilgan - Urganch shahar kasb-hunarga o'qitish markazi rahbari Azamat Yoqubov

Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati