Yangiliklar
Yangiliklar
2024-06-14
Kambag'allikni qisqartirish va bandlik tizimiga doir murojaat, taklif va shikoyatlarni qabul qilish hamda joyida o‘rganib, bartaraf etish choralarini ko'rish maqsadida Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i Hazorasp tumanida fuqarolarni qabul qildi.
➡️Tuman Kadastr agentligi binosida o'tkazilgan ushbu sayyor qabulda fuqarolardan ishga joylashish, tadbirkorlikni boshlash uchun kredit, subsidiya asosida tikuv mashina olish masalalarida 16 ta murojaatlar kelib tushdi.
➡️Qabulda ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etilgan bo'lsa, vaqt talab etadiganlarining ijrosi nazoratga olindi.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing