Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

XOTIN-QIZLAR UCHUN O’QUV SEMINARI O’TKAZILDI

error

2024-06-21

XOTIN-QIZLAR UCHUN O’QUV SEMINARI O’TKAZILDI

Ogahiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida xotin-qizlarning huquqiy manfaatlarini qo'llab-quvvatlash, bandligini ta'minlash, tadbirkorligini yo'lga qo'yishga ko'maklashish va sog'lom turmush tarzi targ'ib qilish masalalariga bag'ishlangan  o'quv semenari bo'lib o'tdi.


Unda Vazirlar Mahkamasi bosh vazir kotibiyati mas’ul xodimi Z.Ahmedova, Xorazm viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i N.Qutlimuratova, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi davlat mulk obyektlaridan samarali foydalanish markazi bosh konsulti Y.Abdukarimov, Respublika "Hunarmand uyushmasi" dan vakil S.Shodiyev, Sog'liqni saqlash vazirligidan R.Erimbetova,viloyat IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatidan mayor J.Qutlimuratov, viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasidan D.Quramboyev hamda hamkor tashkilotlar  o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.


Xotin-qizlar faollari mahallalarda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish bo'yicha berilgan barcha savollariga javob oldilar.

Seminar so'ngida ish faoliyati davomida yuqori ko'rsatgichlarga erishgan xotin-qizlar faollariga faxriy yorliqlar berildi.

Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati