Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Urganch shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan DATA ta'lim stansiyasida yangi guruh ochildi.

error

2024-06-25

Urganch shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan DATA ta'lim stansiyasida yangi guruh ochildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida” nizom ijrosi yuzasidan Urganch shahar Kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimi hamda DATA ta’lim stansiyasi o’rtasida shartnoma tuzildi.

Hozirda bo'lim tomonidan 40 nafar yoshlar bandligi ta’minlanishi maqsadida

SMM,

Buxgalteriya,

Mobilografiya yo'nalishlarida tahsil olishga yo‘naltirildi.


 Ularning o'qish xarajatlari Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag'lari  hisobidan to'lab berilmoqda.

Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati